Sarvarbek Zafarjonov og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
13 декабрь

Sarvarbek Zafarjonov og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zosi Sarvarbek Zafarjonov Bahraynda o‘tkazilgan jahon chempionatidan navbatdagi sovrinni olib keldi. Sportchi 89 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida musobaqa olib borib, siltab ko‘tarish mashqida 171 kilogrammni ko‘tarib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Zafarjonov dast ko‘tarishda 204 kg natija ko‘rsatib, bu yo‘nalishda oltinchi o‘rinni egalladi. Ikki mashq yig‘indisida u 375 kg to‘pladi va to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimizning chiqishlari 14-dekabrda davom etadi. Unda Ruslan Nurudinov, Sharofiddin Amriddinov va Tursunoy Jabborova medallar uchun kurash olib boradi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun