
Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi Shotlandiya terma jamoasidan qasos oldi
O‘yin Olmaota markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi va Qozog‘iston jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida, birinchi uchrashuvda shotlandlar Qozog‘iston terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan va bu o‘yinga aniq favorit sifatida kelgan edilar.
Natijada Qozog‘iston terma jamoasi 9 ochko to‘plab, guruhda oxiridan birinchi, beshinchi o‘rinni egalladi va 2025-yilgi Yevropa chempionatiga yo‘l ola olmadi.
Ushbu guruhdan Ispaniya jamoasi turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.