Rossiyada o‘smir-migrantlar tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar soni ikki baravardan ziyod oshdi
16 октябрь

Rossiyada o‘smir-migrantlar tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar soni ikki baravardan ziyod oshdi

Bu yil voyaga yetmagan migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 10 foizga ko‘paydi. Bunda o‘smir-migrantlarning o‘ta og‘ir qilmishlari soni ikki baravardan ortiq oshdi: 53 tadan 108 taga yetdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikinning aytishicha, o‘smirlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga ijtimoiy beqarorlik, qarovsizlik, bandlik yo‘qligi, axloq va huquqiy ongning past darajasi sabab bo‘lmoqda.