Jizzaxda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
21-24 noyabr kunlari Jizzaxda kattalar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etadi.
Chempionat yangi mavsum boshlanishi oldidan milliy terma jamoa tarkibini shakllantirishda muhim bosqich bo‘ladi. Shuningdek, u jamoaga yangi nomzodlarning imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Barcha bellashuvlar “Jizzax Kibersport arena” sport majmuasida o‘tkaziladi.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun