O‘zbekistonlik figurali uchuvchilar Kanadada o‘tkazilgan Gran-pri musobaqasida kumush medallarni qo‘lga kiritishdi
28 октябрь

O‘zbekistonlik figurali uchuvchilar Kanadada o‘tkazilgan Gran-pri musobaqasida kumush medallarni qo‘lga kiritishdi

Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligimizning erkin dasturda ko‘rsatgan chiqishi 126,12 ball bilan baholandi.

Bu natija erkin dastur ishtirokchilari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Umuman olganda, Geynish va Chigirev ikki yo‘nalish yakuni bo‘yicha 189,65 ball to‘plab, ushbu xalqaro turnirda ikkinchi o‘rinni egallashdi.