
O‘zbekiston ilk bor Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi
Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasini 2026-yilda Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror OOKning 45-Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilindi. OOK bosh direktori Husayn Al Musallamning taklifi O‘zbekistonning sport va olimpiya harakati rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etishni ta’kidlaydi.
Bosh Assambleya OOKning oliy boshqaruv organi bo‘lib, unda Osiyoning 45 mamlakati milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirok etadi. Assambleyada qit’ada sportni rivojlantirishning asosiy masalalari, sport siyosati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi 2026-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston bunday muhim tadbirga birinchi marta mezbonlik qilmoqda. Avvalroq, 2022-yilda Toshkentda OOK Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi.