O‘zbekistonlik para taekvondochilar Turkiyadagi musobaqada 9 ta medal qozondi
10 февраль

O‘zbekistonlik para taekvondochilar Turkiyadagi musobaqada 9 ta medal qozondi

O‘zbekistonlik sportchilar Antaliyada o‘tkazilgan “Turkish Open” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli qatnashdi. Musobaqada 27 mamlakatdan 180 nafar parasportchi ishtirok etdi. Turnirdagi g‘alaba sportchilarga kelgusi Paralimpiya o‘yinlariga saralanish uchun muhim reyting ochkolarini keltirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medal qo‘lga kiritdi. Oltin medalni Qudrat Muhammadiyev qozondi. Kumush medallar Kamola Jo‘rayeva, Qudratjon Haydarov, Javohir Aliqulov va Asadbek Toshtemirovga nasib etdi. Karima Meliqo‘ziyeva, Roziya Ergasheva, Muhammadsodiq Usmonov va Qudratulla Sunnatov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.