O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida yana 5 ta medal qo‘lga kiritdi
26 декабрь

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida yana 5 ta medal qo‘lga kiritdi

Qatarda o‘tkazilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yana sezilarli yutuqlarga erishdi.

Musobaqaning so‘nggi kunlarida og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan sportchilarimiz terma jamoamiz hisobiga yana beshta medal qo‘shdi: bitta oltin, uchta kumush va bitta bronza.

Ruslan Rahmatjonov o‘smirlar o‘rtasida 96 kg gacha vazn toifasida siltab ko‘tarishda g‘olib bo‘lib, terma jamoaga oltin medal keltirdi. Shuningdek, u dast ko‘tarish va ikkikurash natijalariga ko‘ra ikkita kumush medal qo‘lga kiritdi. Yoshlar o‘rtasida 109 kg gacha vazn toifasida musobaqalashgan Qudratbek Salimjonov esa siltab ko‘tarishda kumush va ikkikurashda bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun