O‘zbekistonlik sportchi BAAda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada kumush medal sohibi bo‘ldi
3 декабрь

O‘zbekistonlik sportchi BAAda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada kumush medal sohibi bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida CSI2* toifasidagi xalqaro konkur musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdurahmon Abdullayev yana bir bor shohsupaga ko‘tarilib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

To‘siqlar balandligi 145 sm bo‘lgan Gran-prida Abdurahmon ikkinchi o‘rinni egalladi. U Chicaritto laqabli otida masofani 40.83 soniyada bosib o‘tdi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun