
“Manchester Siti” himoyachisi JCH saralash bosqichi oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shildi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida futbolchini O‘zbekiston terma jamoasi muxlislarining sardori Abdurahmon Fozilov kutib oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi ikki o‘yin o‘tkazadi: 20 mart kuni o‘z maydonida Qirg‘izistonga qarshi (“Bunyodkor” stadioni, soat 21:00da) va 25 mart kuni safarda Eronga qarshi.
Eronga qarshi o‘yindan so‘ng “Manchester Siti” Abduqodir Husanovga klub qarorgohiga qaytishi uchun shaxsiy samolyot taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Manchester Siti‘ning sobiq himoyachisi, Premer-ligada avtogol va qizil kartochkalar bo‘yicha rekordchi Richard Dann "Lans‘dan ingliz klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik himoyachi Husanovning o‘yinini ijobiy baholagan edi.
Danning ta’kidlashicha, Husanov "Chelsi‘ga qarshi debyut o‘yinida bir nechta xatolarga yo‘l qo‘yganiga qaramay, jamoaga yorqin tarzda kirib kelgan.