Minsk "Dinamo"si va "Spartak" Toshkentda KXL o‘yinini o‘tkazadi
3 декабрь

Minsk "Dinamo"si va "Spartak" Toshkentda KXL o‘yinini o‘tkazadi

Kontinental xokkey ligasi (KXL) muntazam chempionatning tarixiy tashqi o‘yini O‘zbekistonda o‘tkazilishini e’lon qildi. 2024-yil 22-dekabr kuni Toshkentda Minsk "Dinamo"si va Moskva "Spartak‘i o‘zaro bellashadi. Uchrashuv taxminan 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Humo Arena‘da bo‘lib o‘tadi.

Ushbu o‘yin xokkeyni ommalashtirish va turli mamlakatlarga yangi muxlislarni jalb qilishga qaratilgan KHL World Games loyihasining qayta tiklanishining bir qismi bo‘ladi. KXL prezidenti Aleksey Morozov o‘yin yuqori darajada o‘tkazilishiga ishonchini bildirdi hamda ushbu tadbirda ishtirok etadigan ikkala jamoaga minnatdorchilik izhor etdi.

Toshkent KXL o‘yini o‘tkaziladigan 49-shahar, O‘zbekiston esa turnir geografiyasiga qo‘shilgan 16-davlat bo‘ladi. Ilgari bunday tashqi o‘yinlar Vena, Syurix, Tallin, Davos va Dubay kabi shaharlarda o‘tkazilgan edi.