Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida umumarmiya sport musobaqalari boshlandi
30 январь

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida umumarmiya sport musobaqalari boshlandi

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy-amaliy va olimpiya sport turlari bo‘yicha umumarmiya musobaqalarining okrug bosqichi start oldi. Ushbu bellashuvlar har yili harbiy okruglarda va har ikki yilda bir marta Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilib, harbiy qismlar va muassasalardan eng sara jamoalarni to‘playdi.

Musobaqalarning bosh maqsadi harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, istiqbolli sportchilarni aniqlash va ularning yutuqlarini keng ommaga yoyishdan iborat. Bu yil ishtirokchilar yengil atletika, armiya biatloni, yakkama-yakka jang, pichoq uloqtirish, og‘ir atletika, badminton, ofitserlar uchkurashi va boshqa yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.