Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari uchligiga kirdi
18 июнь

Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari uchligiga kirdi

Nufuzli "Transfermarkt" portali A Seriya futbolchilarining bozor bahosini e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi 1 million yevroga oshib, 5 million yevroni tashkil etmoqda.

Tahlilchilar narxning oshishini futbolchi murabbiylar shtabi ishonchini qayta tiklagani va berilgan imkoniyatlardan faol foydalana boshlagani bilan izohlamoqda. Futbolchi klubning boshqa hujumchilari fonida o‘z formasini sezilarli darajada oshirdi va pozitsiyasini mustahkamladi.

Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, Shomurodovning yoshi (iyun oyida u 30 yoshga to‘ladi) narxning yanada oshishini cheklashi mumkin.

Hozirda Eldor O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari uchligidan joy olgan.