
“Humo” xokkeychilari Qozog‘iston terma jamoasiga Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritishda yordam berdi
Qozog‘iston terma jamoasiga chaqirilgan “Humo” xokkey klubi o‘yinchilari xokkey bo‘yicha birinchi Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, o‘z klubiga qaytmoqda. Qozog‘iston terma jamoasi Janubiy Koreyadan dastlabki mag‘lubiyatdan so‘ng, Xitoy va Yaponiya terma jamoalarini ishonchli tarzda yengib, turnirda g‘alabaga erishdi.
Himoyachi Ivan Stepanenko hamda hujumchilar Artyom Lixotnikov va Dmitriy Grens Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida "Humo‘ni taqdim etib, Olmaotada bo‘lib o‘tgan uchala o‘yinda ham ishtirok etishdi. Dmitriy Grens 4 ochko (1 gol va 3 golli uzatma) to‘plab, eng yuqori natijani ko‘rsatdi, Lixotnikov va Stepanenko esa ochkolar to‘plamadi.
Ilk bor qit’a chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Qozog‘iston terma jamoasi endi yangi sinovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, “Humo” xokkeychilarini esa Toshkentda ajoyib chiqishlari uchun tabrik va minnatdorchilik kutmoqda.