
“Valensiya” muxlisi klubning nodir futbolkalar to‘plamini suv ostidan qutqardi
Ispaniyaning janubi-sharqiy hududlariga kuchli yomg‘irlar yog‘ib, ko‘plab uy-joy va ko‘chalarni suv bosishiga olib keldi. Og‘ir sharoitlarga qaramay, mahalliy aholidan biri — “Valensiya” futbol klubining muxlisi Xose Ponse nodir klub futbolkalar to‘plamini saqlab qolish uchun haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi.
Yerto‘lada saqlangan to‘plam suv sathining keskin ko‘tarilishi tufayli xavf ostida qolgan edi. Sevimli futbolkalarini taqdir hukmiga tashlab qo‘ymaslik uchun, Ponse suv toshqini va elektr ta’minoti yo‘qligiga qaramay, tun yarmida ularni qutqarishga otlandi. Xayriyatki, bino uncha zarar ko‘rmagan ekan va u o‘zining noyob to‘plamidan 40 ta futbolkani topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu futbolkalar tez orada kimyoviy tozalashga yuboriladi.
Bu voqea shuni ko‘rsatadiki, futbolga bo‘lgan muhabbat ba’zan eng qiyin hayotiy vaziyatlarda ham insonga kuch-quvvat bag‘ishlaydi.