
Stanislav Tunxuzin Pro Xokkey Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Qozog‘istonning “Olmaota” klubi himoyachisi Stanislav Tunxuzin Pro Xokkey Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. Tajribali xokkeychi yuqori natijalar ko‘rsatib, jamoasining bir hafta ichida 6 imkoniyatdan 4 ochko to‘plashiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Tunxuzin uch o‘yinda 6 ochko (2 ta shayba va 4 ta golli uzatma) to‘pladi. Shuningdek, o‘yinchi “+2” foydalilik ko‘rsatkichi va raqib darvozasiga 20 ta zarba berish bilan ligada haftaning eng yaxshi natijasini qayd etdi. Himoyachi intizomli o‘ynab, jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymadi va atigi 2 daqiqa jarima oldi.
"Olmaota‘ga o‘tishdan oldin Tunxuzin O‘zbekistonning “Humo” xokkey klubida o‘ynagan, bu uning sport faoliyatiga xalqaro tajriba qo‘shgan.