IIHF Rossiya terma jamoasining qaytishini muhim vazifa sifatida belgiladi
7 январь

IIHF Rossiya terma jamoasining qaytishini muhim vazifa sifatida belgiladi

Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) prezidenti Lyuk Tardif Rossiya va Belarus terma jamoalarining musobaqalarda qayta ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. Biroq, u bu maqsadga erishish uchun tashkilot turnirlarni o‘tkazishni va o‘yinchilar xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymasligini alohida qayd etdi.

Biz na musobaqalarni, na sportchilarni xavf ostiga qo‘yamiz. Bu biz uchun eng muhim masala. Keyingi ikki oy davomida vaziyatni baholab boramiz,” — deya Tardif matbuot anjumanida ma’lum qildi.