Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha nufuzli turnirning yarim finaliga chiqdi
11 февраль

Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha nufuzli turnirning yarim finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 7-17 fevral kunlari Germaniyaning Vaysenxaus shahrida o‘tkazilayotgan Freestyle Chess Grand Slam Tour turnirida jahon reytingida uchinchi o‘rinda turgan amerikalik Xikaru Nakamurani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Klassik qismda ikki marta durang o‘ynagandan so‘ng, Sindarov tezkor shaxmat bo‘yicha pley-offda Nakamurani 1,5:0,5 hisobida yengishga erishdi. Raqibi 2022-yilgi Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempioni ekanligini hisobga olsak, bu jiddiy yutuq bo‘ldi. Yarim finalda o‘zbekistonlik shaxmatchi yana bir AQSH vakili — Fabiano Karuana bilan bellashadi.

Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etgan, biroq u chorak finalda jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga yutqazib qo‘ygan edi.