Tursunoy Jabborova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori
15 май

Tursunoy Jabborova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori

O‘zbekiston vakili Tursunoy Jabborova og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida dast ko‘tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqa Xitoyning Szintszyan shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

-87 kg vazn toifasida Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va dasturning ushbu turida uchinchi o‘rinni egalladi. Biroq, "turtki" mashqida va ikkikurash yakunida o‘zbekistonlik sportchi yakuniy sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu vazn toifasidagi yana bir vakilamiz Nigora Suvonova musobaqani umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinda yakunladi.

Szintszyanda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetmoqda.