Guliston Perdiboyeva qilichbozlik bo‘yicha U20 Jahon kubogida kumush medal sohibi bo‘ldi
16 декабрь

Guliston Perdiboyeva qilichbozlik bo‘yicha U20 Jahon kubogida kumush medal sohibi bo‘ldi

Germaniyaning Dormagen va Vengriyaning Budapesht shaharlarida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida U20 Jahon kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Yakka tartibdagi bahslarda o‘zbekistonlik qilichboz, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Guliston Perdiboyeva kumush medalga sazovor bo‘ldi.

U finalda xitoylik Suye Raoga yengilib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Germaniyada ishtirok etgan o‘zbekistonlik yigitlar yakka tartibdagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olishmadi.

O‘zbekiston vakillari jamoaviy bahslarda medallar uchun kurashni davom ettiradilar.

Bogdan Burikin, “Karavan-Info” uchun maxsus