O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogi pley-offiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
31 январь

O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogi pley-offiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston erkaklar tennis terma jamoasi 31-yanvar — 1-fevral kunlari Devis kubogi I Jahon guruhining pley-off bosqichida Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, undan so‘ng o‘yinchilar juftligini aniqlash uchun qur’a tashlandi. Birinchi o‘yin kunida Humoyun Sultonov Mirza Bashichga qarshi maydonga tushadi, Sergey Fomin esa Damir Jumhur bilan bellashadi. 1-fevral kuni Fomin/Sultonov — Bashich/Fatich juftligi o‘yini, shuningdek, Sultonov — Jumhur va Fomin — Bashich o‘rtasidagi yakka tartibdagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.