
Aleksandr Ovechkin jarohati tufayli bir oydan ortiq vaqt o‘tkazib yuboradi
NHL “Vashington Kapitals” jamoasi sardori Aleksandr Ovechkin kichik boldir suyagining sinishi tufayli to‘rt haftadan olti haftagacha safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
39 yoshli hujumchi jarohatni "Yuta‘ga qarshi o‘yinning uchinchi davrida oldi. O‘yin "Vashington‘ning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Jarohat paytida Ovechkinning NHLning muntazam chempionatlarida urgan gollari soni 868 taga yetgandi. Unga 894 ta gol urgan Ueyn Gretskining afsonaviy rekordini takrorlash uchun atigi 26 ta gol yetishmayapti.
Klub rahbariyati Ovechkin tiklanganidan so‘ng faol o‘yinga qaytishi va rekordni egallash uchun kurashni davom ettirishiga umid qilmoqda. Uning to‘rt haftadan olti haftagacha muzda bo‘lmasligi kapitanning tajribasi va yetakchilik qobiliyatiga tayanadigan jamoa uchun jiddiy yo‘qotish bo‘ladi.
Jarohat xokkeydagi eng asosiy shaxsiy rekordga erishish tezligini shubha ostiga qo‘ymoqda, ammo “Vashington” va butun liga muxlislari Ovechkinning tez orada safga qaytishiga ishonishda davom etmoqda.