O‘zbekistonda veloklublar faoliyati kuchaytiriladi
5 декабрь

O‘zbekistonda veloklublar faoliyati kuchaytiriladi

Milliy olimpiya qo‘mitasining 2028-yil Los-Anjelesda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekiston velosport federatsiyasining rejalari muhokama qilindi.

Bu sport turi Olimpiadada eng raqobatbardosh turlardan biri bo‘lib, unda ko‘plab litsenziyalar va medallar o‘ynaladi. Biroq, oxirgi o‘yinlarda o‘zbekistonlik sportchilar faqat bir nechta yo‘llanma olishga erishdilar. Bu holat tanqid ostiga olinib, kelajakda milliy terma jamoamiz nafaqat ko‘proq litsenziyalar qo‘lga kiritishi, balki medallar uchun ham kurashishi zarurligi ta’kidlandi.

Federatsiya mas’ullarining aytishicha, bu maqsadga erishish uchun jamoaga uchta xorijlik murabbiy jalb qilingan bo‘lib, ular har ikkala — kattalar va yoshlar terma jamoalari bilan ishlaydilar. Shuningdek, Federatsiyaning moddiy-texnik sharoitlari ko‘rib chiqildi, klublar faoliyatini kuchaytirish va ularning xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama etildi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun