Osiyo kubogi-2027 Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi
2027-yilgi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi 7-yanvardan 5-fevralgacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga Ar-Riyod, Jidda va Al-Xubar shaharlari mezbonlik qilishini Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lum qildi.
Mamlakat poytaxti Ar-Riyodda o‘yinlar beshta stadionda, jumladan, Qirol Fahd nomidagi sport shaharchasi, Qirol Saud universiteti stadioni va "Qirollik arenasi‘da o‘tkaziladi. Jiddada matchlar ikki maydonchada: Qirol Abdulla nomidagi sport shaharchasi va Shahzoda Abdulla Al-Faysal nomidagi sport shaharchasida bo‘lib o‘tadi. Al-Xubarda xalqaro musobaqalarni o‘tkazishga tayyor bo‘lgan zamonaviy arena qurilishi yakuniga yetkazildi.
Turnirda 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda 18 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston terma jamoasi ham final bosqichiga chiqishni ta’minladi. Qolgan oltita yo‘llanma 2025-yilning mart oyida saralashning yakuniy bosqichida o‘ynab olinadi. Unda 24 ta jamoa oltita guruhga taqsimlanadi. Guruh g‘oliblari asosiy turnirga yo‘l oladi.