
O‘zbekiston va Rossiya akvabayk va suv-motor sportini rivojlantirish uchun birlashmoqda
O‘zbekiston suv-motor sportida o‘z mavqeini mustahkamlamoqchi. Milliy olimpiya qo‘mitasida yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etishda katta tajribaga ega "H2O Management Ltd." kompaniyasi delegatsiyasi hamda Rossiya suv-motor sporti federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sport vaziri Adham Ikromov va MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov mehmonlar bilan O‘zbekistonda suv-motor sporti va akvabaykni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Ushbu sport turlari bo‘yicha mamlakatimiz hududida xalqaro musobaqalarni tashkil etish asosiy masalalardan biriga aylandi.
Mutaxassislarning fikricha, "H2O Management Ltd." bilan hamkorlik O‘zbekistonda suv-motor sportini rivojlantirishning yangi bosqichi, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu qiziqarli sport turlariga qiziqishni oshirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkin.