O‘zbekiston qilichbozlik terma jamoasi U20 Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi
17 декабрь

O‘zbekiston qilichbozlik terma jamoasi U20 Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston qilichbozlik terma jamoasi Vengriyada o‘tkazilgan U20 Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Sportchi qizlarimiz jamoaviy musobaqalarda ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Musobaqa boshida ular Koreya terma jamoasini mag‘lub etishdi, so‘ngra chorak finalda Polsha va yarim finalda Buyuk Britaniya jamoalarini yengishdi. Finalda qilichbozlarimiz Vengriya vakillariga 45:42 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Jamoaviy dasturda O‘zbekiston sharafini ilgari yakkalik bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Guliston Perdiboyeva, shuningdek, Fernanda Errera, Samira Shokirova va Ayakuz Jumamuratovalar himoya qilishdi.

Germaniyada o‘tkazilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda sportchilarimiz chorak final bosqichida to‘xtab qolishdi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun