
O‘zbekiston terma jamoasi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida uchta oltin medal qo‘lga kiritdi
Bahrayn poytaxti Manamada 92 mamlakatdan 500 ga yaqin sportchi ishtirok etgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritib, ajoyib natijalar ko‘rsatdi.
109 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ruslan Nurudinov ikkita oltin medal keltirdi. U dast ko‘tarishda jahon rekordini o‘rnatdi va ikki kurashda g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, shu vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov siltab ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
81 kg vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov siltab ko‘tarishda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bronza medallarini esa Toshtemirov ikki kurashda va Sarvarbek Zafarjonov 89 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida siltab ko‘tarishda qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.