
Toshkentda KXL o‘yini bo‘lib o‘tadi: Minskning "Dinamo"si Moskvaning "Spartak‘iga qarshi
Bu yakshanba, 22-dekabr kuni soat 19:00 da Toshkentdagi Humo Arena jahon miqyosidagi sport tadbirining markaziga aylanadi. Bu yerda KHL World Games doirasida Kontinental xokkey ligasi o‘yini Minsk "Dinamo"si va Moskva "Spartak‘i o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston birinchi marta KXL o‘yinini qabul qiladi va bu sharafga muyassar bo‘lgan 16-mamlakatga aylanadi.
Ikki yuqori darajadagi jamoaning qizg‘in bellashuvidan tashqari, muxlislarni to‘liq dastur kutmoqda: interaktiv tadbirlar, jahon chempionlari bilan imzo chekish marosimlari va haqiqiy sport bayrami.
O‘yin yorqin tadbir bo‘lishi va barcha xokkey muxlislariga unutilmas taassurotlar qoldirishi shubhasiz.