Polshada bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogida o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi
17 май

Polshada bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogida o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik bokschilar Polshada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichidagi ishtirokini g‘alaba bilan yakunladi. Final bellashuvlarida sportchilar ajoyib natijalar ko‘rsatib, oltita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Faqatgina Xumorabonu Mamajonova finalda imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar ro‘yxati:

• Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg)

• Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg)

• Fazliddin Erkinboyev (-75 kg)

• Javohir Ummataliyev (-80 kg)

• Akmaljon Isroilov (-85 kg)

• Jahongir Zokirov (+90 kg)

-57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bronza medallari Samandar Olimov (-60 kg) va G‘ofurjon Tohirov (-70 kg) ga nasib etdi.

Natijada, O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogining birinchi bosqichida qo‘lga kiritilgan beshta oltin medalni Polshadagi muvaffaqiyatga qo‘shib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.