Boks: O‘zbekiston o‘smirlari Osiyo chempionatida peshqadam
24 апрель

Boks: O‘zbekiston o‘smirlari Osiyo chempionatida peshqadam

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 11 nafar qiz va 12 nafar yigitning barchasi chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalga yo‘l oldi.

Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning 10 nafar vakili yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.