Abduqodir Husanov yuqori darajadagi klubga o‘tishga tayyorlanmoqda
10 январь

Abduqodir Husanov yuqori darajadagi klubga o‘tishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi. “Lans” sport direktori Pyer Dreossi 20 yoshli o‘yinchining jamoadan ketishi haqida rasman xabar berdi.

Yevropaning yetakchi klublari o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Hatto dekabrda Husanov PSJ, “Tottenxem” va “Nyukasl” e’tiborini tortgan edi. Yanvar oyiga kelib, “Real Madrid” va “Manchester Siti” ham da’vogarlar safiga qo‘shildi. Bundan tashqari, “Bayer”, “Napoli”, “Yuventus” va Dortmundning “Borussiya” klublari ham qiziqish bildirmoqda, degan gap-so‘zlar yuribdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Husanovni joriy transfer oynasida himoyani kuchaytirish uchun asosiy nomzod deb hisoblamoqda.