Oʻzbekistonda ot sporti musobaqalari boʻlib oʻtdi
21 октябрь

Oʻzbekistonda ot sporti musobaqalari boʻlib oʻtdi

Oʻzbekistonda mahalliy chavandozlar ishtirokida ot sportining konkur yoʻnalishida musobaqalar oʻtkazildi. Mamlakat terma jamoasi vakili Umidjon Kamilov Karissina laqabli oti bilan 115 sm toʻsiqlar balandligidagi “Maksima Park” Kubogi finalida birinchi oʻrinni egalladi.

Shuningdek, xalqaro toifadagi sport ustasi Davrjon Ruzmuxammedov Belgiya veteranlari oʻrtasidagi musobaqada qatnashib, Mr.Emerald laqabli oti bilan uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bundan tashqari, 17-19 oktyabr kunlari poytaxtdagi Universal Jumping Agro majmuasida Oʻzbekiston Kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Ushbu turnirda mamlakatning turli hududlaridan kelgan tajribali chavandozlar ishtirok etishdi. Turnir yakunida gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar topshirildi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun