2024-yilgi sport fotosurati mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
10 январь

2024-yilgi sport fotosurati mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Sport fotosurati sohasidagi yagona jahon mukofoti hisoblangan World Sports Photography Awards 2024-yilgi g‘oliblarini e’lon qildi. Tanlovga 96 mamlakatdan 2200 dan ortiq professional fotosuratchilar tomonidan 13 mingdan ziyod asar taqdim etilgan. Ishtirokchilar sportning dinamikasi va hissiyotlarini aks ettirib, 24 ta toifada musobaqa qildilar.

Bosh sovrin braziliyalik serfingchi ishtirokidagi noyob lahzani tasvirlagan asarga nasib etdi. Suratda sportchi Parij Olimpiadasida erkaklar o‘rtasidagi serfing musobaqasining uchinchi bosqichida ulkan to‘lqindan tushgandan so‘ng ko‘rsatgan reaksiyasi aks ettirilgan.

Boshqa g‘oliblar qatorida “Suv uzra parvoz”, “Ikki zebra ortidan quvish” va “Uchuvchi regbichi” deb nomlangan suratlar ham bor. Ular ham o‘ziga xosligi va mahoratli ijrosi bilan hakamlar hay’atini hayratga soldi.