O‘zbekiston Qatarni mag‘lub etdi va JCH-2026 saralashini ishonchli yakunladi
10 июнь

O‘zbekiston Qatarni mag‘lub etdi va JCH-2026 saralashini ishonchli yakunladi

Qatar darvozasiga birinchi golni 28-daqiqada Aziz Turg‘unboyev kiritdi. Xavbek chap qanotdagi ikki himoyachini chiroyli tarzda aldab o‘tib, jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarba bilan to‘pni darvoza to‘sini ostiga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘zbekistonliklar bosimni davom ettirib, 86-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi: jamoa sardori Eldor Shomurodov Jamshid Iskanderovning aniq uzatmasini golga aylantirdi.

O‘yinga Igor Sergeev nuqta qo‘ydi. Zaxiradan maydonga tushgan hujumchi burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga to‘g‘irlab qo‘yishni uddaladi.

Yakuniy hisob  3:0 O‘zbekiston foydasiga. Jamoa ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 21 taga yetkazib oldi va Erondan 1 ochko oldinda bo‘lib, A guruhida vaqtincha 1-o‘ringa chiqib oldi. Eron terma jamoasi hali so‘nggi o‘yinini o‘tkazgani yo‘q.

Avvalroq O‘zbekiston AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga tarixiy yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Qatarga qarshi o‘yin Timur Kapadze jamoasi uchun muvaffaqiyatli saralash siklining munosib yakuni bo‘ldi.