Toshkent badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi
25 апрель

Toshkent badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi boshlandi, unda dunyoning 26 mamlakatidan yuzdan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Bugun, 25-aprel kuni saralash chiqishlari va tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Ertaga medallar uchun musobaqa boshlanadi.

Jahon kubogida O‘zbekiston sharafini yakkalik bahslarida Taxmina Ikromova va Anastasiya Saranseva, guruh mashqlarida Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova himoya qilmoqda.