Abduqodir Husanov "Manchester Siti" jamoasi a’zosiga aylanadi
11 январь

Abduqodir Husanov "Manchester Siti" jamoasi a’zosiga aylanadi

Yosh himoyachi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubidan rasman "Manchester Siti‘ga o‘tmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, transfer summasi 40 million yevro bo‘lib, unga yana qo‘shimcha bonuslar ham qo‘shiladi.

20 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2029-yil iyunigacha amal qiladi. Husanov o‘z avlodining eng istiqbolli himoyachilaridan biri sanaladi va uning Angliya chempioni safiga qo‘shilishi futbol olamida katta qiziqish uyg‘otdi.