Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari sarhisob qilindi
26 ноябрь

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari sarhisob qilindi

Jizzaxda to‘rt kun davom etgan kattalar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi yakuniga yetdi. Keskin bellashuvlar natijasida Qashqadaryo viloyati jamoasi umumjamoa hisobida g‘alaba qozondi. Ular 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rinni 2 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan Buxoro viloyati jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin xorazmlik dzyudochilarga nasib etdi. Ular 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Eng og‘ir vazn toifalarida Islombek Ravshanqulov (erkaklar, +100 kg) va Umida Nigmatova (ayollar, +78 kg) g‘olib bo‘lishdi. Shuningdek, O‘tkirbek To‘raboyev va Javohir Murodullayev (erkaklar, +100 kg) hamda Mohlaroyim To‘xtamisheva va Fotima Quramboyeva (ayollar, +78 kg) sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun