O‘zbekiston terma jamoasi yengil atletika musobaqasida oltin medalga sazovor bo‘ldi
15 ноябрь

O‘zbekiston terma jamoasi yengil atletika musobaqasida oltin medalga sazovor bo‘ldi

Xitoyning Urumchi shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yopiq inshootlarda o‘tkazilgan yengil atletika musobaqasi yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kuni sportchilarimiz oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

U16 yosh toifasida ishtirok etgan Anastasiya Silchenkova O‘zbekistonga oltin medal keltirdi. U 3000 metrga yugurishda g‘olib bo‘ldi. Bundan oldin, musobaqaning birinchi kunida Silchenkova 1500 metrga yugurishda ham oltin medalga erishib, terma jamoa mavqeini mustahkamlagan edi. U18 toifasidagi Laylo Qambarova balandlikka sakrashda faqat ikki nafar xitoylik sportchidan ortda qolib, uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani a’lo natijalar bilan yakunlab, jami beshta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun