"Humo" ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
14 ноябрь

"Humo" ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Bugungi o‘yin jamoaviy hamkorlik va strategik mahoratning yorqin namunasi bo‘ldi. Ko‘p sonli jarimalarga qaramay, “Humo” kamchilik va ko‘pchilik holatlarida ajoyib o‘yin ko‘rsata oldi. Kamchilik holatida himoyachilar atigi bitta gol o‘tkazib yuborishdi, ko‘pchilik holatida esa hujumchilar ikkita gol urishdi. Bu esa g‘alabaning asosiy omili bo‘ldi.

"Humo‘ning keyingi o‘yinlari ham o‘z maydonida o‘tkaziladi. 18 va 19 noyabr kunlari Toshkentda Qozog‘istonning “Aktobe” klubi bilan bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Muxlislar jamoaning g‘alabalar seriyasi davom etishini intiqlik bilan kutmoqda.