
KXL Toshkentga yo‘l oldi
O‘zbekiston KXL o‘yinlariga mezbonlik qilgan 16-mamlakat, Toshkent esa Liga o‘yinini o‘tkazish sharafiga sazovor bo‘lgan 49-shahar bo‘ladi.
O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi va Qit’a xokkey ligasi (QXL) uchrashuvni O‘zbekiston hududida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. KHL World Games doirasida Humo Arena muz maydonida 22 dekabr kuni soat 19:30 da Minskning “Dinamo” va Moskvaning “Spartak” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.