
"Do‘stlik kubogi — 2025": O‘zbekiston Moskvada qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnir g‘oliblari qatorida
Moskvadagi Xalqaro sambo markazida qo‘l jangi bo‘yicha "Do‘stlik kubogi — 2025" Jahon kubogi bosqichining birinchi kuni yakunlandi. Moskva shahar sport departamenti tomonidan Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnirda turli mamlakatlardan yuzlab sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqaning kechki dasturi doirasida erkaklar va ayollar o‘rtasida "O‘z-o‘zini himoya qilish" va "O‘z-o‘zini himoya qilish 1+1" yo‘nalishlari bo‘yicha turli yosh va vazn toifalarida 15 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Sportchilar 18 yoshdan 60 yoshdan oshganlargacha bo‘lgan toifalarda bellashdilar.
O‘zbekiston vakillari yuqori darajadagi tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etdi. Murosasiz kechgan bellashuvda o‘zbekistonlik sportchi oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz yutuqlari xazinasiga hissa qo‘shdi.
Musobaqaning dastlabki kunida Rossiya sportchilari 8 ta oltin, Mo‘g‘uliston 3 ta, Qozog‘iston 2 ta, Belarus Respublikasi va O‘zbekiston 1 tadan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi g‘olibni, uning murabbiyini va butun jamoani xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi. Ushbu muvaffaqiyat, albatta, O‘zbekistonda qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi va sportchilarning yosh avlodini yangi yutuqlarga ilhomlantiradi.