“Humo” finalga bir qadam yaqinlashdi: Toshkentda “Torpedo” ustidan ishonchli g‘alaba
24 март

“Humo” finalga bir qadam yaqinlashdi: Toshkentda “Torpedo” ustidan ishonchli g‘alaba

“Humo” xokkeychilari pley-off yarimfinal seriyasining to‘rtinchi uchrashuvida “Torpedo” (O‘st-Kamenogorsk, Qozog‘iston) ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqish yo‘lida muhim qadam tashladi. Toshkentdagi “Humo Arena” muz maydonida bo‘lib o‘tgan bahs 4:1 (1:0, 2:1, 1:0) hisobida yakunlandi.

O‘yinning yettinchi daqiqasida hisobni Vladislav Dyukarev ochdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlarning ustunligini Dmitriy Grents va Egor Buyalskiy yanada mustahkamladi. “Torpedo” Nikita Kolobovning goli bilan javob qaytardi. Yakuniy yigirma daqiqalikda esa Aleksandr Shevchenko so‘nggi hisobni o‘rnatdi. “Humo” darvozaboni esa ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Shu tariqa, Dmitriy Katayev shogirdlari final yo‘lida 3:1 hisobida oldinda bormoqda. Seriyaning beshinchi uchrashuvi 26 mart kuni O‘st-Kamenogorskda bo‘lib o‘tadi. “Humo” finalga chiqish uchun safardagi o‘yinlarda atigi bitta g‘alaba qozonsa kifoya qiladi.