
Dzyudochi Umar Bozorov Gruziyadagi “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistonga oltin medal keltirdi
O‘zbekistonlik dzyudochi Umar Bozorov Gruziyada o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir g‘olibiga aylandi. −90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bazarov final jangida fransiyalik Aleksis Metyu ustidan g‘alaba qozondi.
Avvalroq, musobaqaning ilk kunida Azizbek Ortiqov va Abdurahim Nutfullayev O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ygandi.
Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Gruziyadagi “Katta dubulg‘a” turnirini bitta oltin va ikkita bronza medali bilan yakunladi.