O‘zbekistonlik bokschi qizlar Osiyo chempionatida to‘qqizta medal qo‘lga kiritdi
11 декабрь

O‘zbekistonlik bokschi qizlar Osiyo chempionatida to‘qqizta medal qo‘lga kiritdi

Tailandda boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida qizlar o‘rtasidagi musobaqalar yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta oltin, to‘rtta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritib, yuqori natijalarni namoyish etishdi.

Final bellashuvlarida ishonchli g‘alaba qozongan Farzona Fozilova (48 kg), Feruza Qozaqova (52 kg) va Navbahor Hamidova (66 kg) oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Ularning chiqishlari o‘zbekistonlik sportchi qizlarning yuqori tayyorgarlik darajasini yorqin namoyon etdi.

Finalda kuchli raqiblariga mag‘lub bo‘lgan Aziza Yoqubova (54 kg), Nigina O‘ktamova (57 kg), Aziza Zokirova (75 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (+81 kg) kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.

Sabina Boboqylova (50 kg) va Sohiba Ro‘zmetova (81 kg) terma jamoa hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.

Bogdan Burikin, “Karavan-Info” uchun maxsus