O‘zbekistonlik sportchilar Tailandga jo‘nab ketishdi
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston boks bo‘yicha terma jamoalari 29-noyabrdan 11-dekabrga qadar Chiyangmay shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tailandga yetib borishdi.
Sportchilarimiz qit’a chempionatida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Boks musobaqalari davomida Bahrayn davlatida 6-15 dekabr kunlari kattalar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston atletlari o‘z chiqishlarini 10-dekabr kuni boshlaydi.
Jahon chempionati dasturiga ko‘ra, 10-dekabr kuni Shahloxon Abdullayeva (64 kg vazn toifasi) va Muhammadqodir Toshtemirov (81 kg vazn toifasi) bellashuvlarga chiqadi. 11-dekabr kuni Sarvarbek Zafarjonov (89 kg) medallar uchun kurash olib boradi. 14-dekabr kuni Sharofiddin Amriddinov, Ruslan Nurudinov (109 kg gacha) va Tursunoy Jabborova (87 kg) musobaqalarga qo‘shiladi.