O‘zbekistonlik kuchli sportchilar samolyotni tortish tezligi bo‘yicha Ginnesning rekordini o‘rnatdilar
O‘zbekiston Bodibilding va Fitnes Federatsiyasining olti nafar sportchisidan iborat jamoa Silk Avia aviakompaniyasining 13,5 tonnalik samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib Ginnesning rekordini o‘rnatdilar.
Ushbu yutuq haqida ma’lumot Guinness World Records saytida chop etildi. Rekord 15 may kuni Toshkent aeroportida, Ginnes rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi ishtirokida o‘rnatildi.
Federatsiya prezidenti Timur Sabirov 46,7 soniya ko‘rsatkichini ajoyib natija deb atadi. Ta'kidlash joizki, rekord birinchi urinishdayoq o‘rnatildi. Guinness World Records dastlab bir daqiqada bajarishni talab qilgan edi.
"Karavan-Info"