O‘zbekistondagi namunali bolalar bog‘chalarida gimnastika zallari tashkil etiladi
Prezident Farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonning eng namunali bolalar bog‘chalarida gimnastika zallari tashkil etiladi.
NOVA24.uz portali xabariga ko‘ra, gimnastika zallarini tashkil etish uchun dastlab har bir tuman va shaharda kamida uchta namunali davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tanlab olinadi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun optimallashtirilgan o‘quv rejalar ishlab chiqiladi. O‘zbekiston tarixi, sport psixologiyasi va umumiy tabiiyot fanlariga chuqurroq e’tibor qaratiladi. Shuningdek, boks va gimnastika bo‘yicha murabbiylar maktablari tashkil etiladi.
"Karavan-Info"