Rossiyalik sportchi 2024-yilgi Olimpiadada O‘zbekiston uchun ishtirok etadi
Rossiyalik suvga sakrovchi Igor Myalin Parijdagi Olimpiadada O‘zbekiston uchun ishtirok etadi.
Rossiya sport nashrlariga bergan intervyusida u shunday dedi: "Menimcha, siyosiy muammolar sport va sportchilarga ta’sir qilmasligi kerak. Har doim rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etishini xohlardim. Boshqa tomondan, har qanday bayroq ostida ishtirok etish ham katta yutuq."
Igor Myalin 27 yoshda. Uning yutuqlari orasida jahon va Yevropa chempionatlaridagi g‘alabalar, Universiadalardagi muvaffaqiyatli ishtiroklar bor. Ta’kidlash joizki, suvga sakrash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga litsenziya O‘zbekiston sport tarixida birinchi marta qo‘lga kiritildi.
«Karavan-Info»