Sergey Fomin Qozog‘istonda o‘tkazilgan turnirning juftlik bahslarida oltin medalga sazovor bo‘ldi
29 апрель

Sergey Fomin Qozog‘istonda o‘tkazilgan turnirning juftlik bahslarida oltin medalga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) shafeligida o‘tkazilgan M15 toifasidagi xalqaro turniri juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.

Final bahsida neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandem hosil qilgan Fomin germaniyalik Adrian Otsbax va belgiyalik Martin Van Der Meerschenning xalqaro juftligini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

Setlar bo‘yicha hisob 6:3, 6:3 bo‘lib, O‘zbekiston-neytral tandem foydasiga hal bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba Sergey Fominga nufuzli turnirning oltin medalini keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin yakkalik bahslarida ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va unga fransiyalik Shon Kyunen raqiblik qiladi. Muxlislar bu jangni intiqlik bilan kutishmoqda.