Yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi sportdagi faoliyatini yakunladi
18 ноябрь

Yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi sportdagi faoliyatini yakunladi

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Alisa Faxrutdinova sportdagi faoliyatini tugatganini ma’lum qildi. Sportchi bu xabarni o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.

Faxrutdinova ikki marta — Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan. Shuningdek, u mamlakat tarixida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun litsenziya qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchi bo‘ldi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun